Umumiy ma'lumot

13-mart 2024

Qarshi davlat universiteti ta'lim va tadqiqotga global yondashuvni qo'llab quvvatlovchi Oʻzbekistondagi eng yirik va yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi. Qarshi davlat universiteti ko‘p bosqichli ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan ko‘p tarmoqli universitetdir.

Hozirgi kunda universitetda 13 ta fakultet, 45 ta kafedra mavjud boʼlib, 65 ta bakalavriat, 26 ta magistratura va 27 ta doktorantura ixtisosliklari bor.

Universitetdagi 13 ta fakultetga quyidagilar kiradi:

Qarshi davlat universiteti iqtisodiyotning turli sohalari uchun zamonaviy mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ta’lim faoliyatini amalga oshiradi. Universitet zamonaviy ta'limni rivojlantirish maqsadida talabalar va oʻqituvchilar faoliyatini qo'llab-quvvatlovchi, innovatsion muhit yaratishga intilib kelmoqda. Universitet talabalarning potentsialini oshirishga va ularning kelajakka tayyor boʻlishiga yordam berishga asoslangan o'ziga xos Osiyo va jahon tajribasini taklif etadi. Universitetda yangi bilimlarni olish bilan bir qatorda olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar universitetni biturgunga qadar boʻlgan vaqt mobaynida koʻplab ham nazariy ham amaliy bilim va koʻniklmalarga ega boʻladilar. Qarshi davlat universiteti talabalarga nafaqat har tomonlama bilim olishga, balki talabalik hayotini to'liq his qilishga yordam beradi. Universitetdagi hayot faqat darslardan iborat emas balki yil davomida bir qator sport musoboqalari va qiziqarli tadbirlar o'tkaziladi.

Universitetda 6 ta ilmiy Kengash, 1 ta ilmiy markaz, 9 ta ilmiy laboratoriya, 25 ta o‘quv laboratoriya mavjud.

Qarshi davlat universiteti faoliyatida o‘tgan bir yil ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy va innovasion sohada qator yangilanishlar, ilmiy yutuqlarga erishish hamda xorijning eng ilg‘or tajribalarini o‘rganish, ularni milliy tajribalarga singdirgan holda fan va ta'lim sohasiga tadbiq etish davri bo‘ldi. 2021-yilda ilmiy innovasion sohada faoliyat samaradorligini oshirish uchun kafedralar kesimida tarmoq jadval shakllantirildi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 167 ta (2020-yilda 18 ta) dissertasiya himoya qilinib 127 ta (2020-yilda 29 ta) ilmiy unvon olindi. Natijada, universitetning ilmiy salohiyati 28.2% dan 41.4% gacha o‘sdi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar mos 121 ta darslik (2020-yilda 3 ta), 357 ta o‘quv qo‘llanma (2020-yilda 12 ta) va 251 ta monografiya (2020-yilda 21 ta) nashr etildi. Web of Science va Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar nashri yo‘lga qo‘yilib, 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 200 ta maqola nashr etildi.

Universitet xalqaro ta'lim dasturlarining faol ishtirokchisidir. Ayni paytda universitet 70 dan ortiq xorijiy ta'lim muassasalari bilan ta'lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik shartnomalari va anglashuv memorandumlari tuzilibb ular bilan faol ishlab kelmoqda.

QarDU bir qator yirik xalqaro ilmiy va ta'lim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boshqalar) a'zosi hisoblanadi. Hozirda QarDU Erasmus+ dasturining kredit mobilligi loyihasi doirasida Ispaniyaning Xaen universiteti, Slovakiyaning Konstantin falsafa universiteti va Polshaning Zelena Gora universitetlari bilan o‘zaro hamkorlik kelishuvlari imzolangan.

Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasiga asosan, universitetning Xalqaro taʼlim dasturlari fakultetida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda 6 ta bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari boʼyicha kadrlar tayyorlash yoʼlga qoʼyildi. Jumladan, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti va Grodno davlat universitetlari hamkorligida filologiya, biologiya, lingvistika, davolash ishi, pediatriya ishi, amaliy matematika yoʼnalishlari boʼyicha 220 nafar bakalavrlar, 26 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Qoʼshma taʼlim dasturlarida taʼlim sifatini oshirish maqsadida bakalavriat taʼlim yo‘nalishlarida 94 nafar, magistratura mutaxassisliklarda 56 nafar mahalliy va xorijiy professsor-oʼqituvchilar faoliyat koʼrsatmoqda.