Xalqaro hamkorlik aloqalari

28-fevral 2024

Bugungi kundagi oliy talimdagi muammolarni hamkorlikda hal etish, ta’lim sifatini keyingi bosqichga olib chiqish va ilmiy sohada zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun ta’lim va fan sohasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Globallashgan dunyoda har qanday oliy ta’lim muassasasining o‘quv va ilmiy salohiyatini, raqobatbardoshligini oshirishda samarali xalqaro hamkorlik aloqalari yanada dolzarb hisoblanadi. Bundan tashqari, oliy ta’limda xalqaro hamkorlik innovatsiyalarning asosiy drayveri deb etirof etish mumkin.

Qarshi davlat universiteti 70 dan ortiq xorijiy OTMlar bilan memorandum va hamkorlik shartnomalari imzolagan va samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xalqaro hamkorlikka asosan, universitet professor-o‘qituvchilarini xorijiy OTMlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, xorijiy professor-o‘qituvchilarni o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilish, hamkorlikda ilmiy konfrensiyalar o‘tkazish va ilmiy maqolalar chop etish yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan. Ayni shartnomalar doirasida birgina o‘tgan 2022-yil mobaynida universitetda quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- 18 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy OTMlarga 1 oygacha bo‘lgan qisqa muddatli stajirovkalarga borib kelishdi;

- 22 nafar xorijiy professor-o‘qituvchilar o‘quv mashg‘ulotlariga jalb qilindi;

- Universitetda hamkorlikda 8 ta xalqaro ilmiy konfrensiyalar o‘tkazildi. Ushbu konfrensiyalar orasidan "Informatsion texnologiyalar va matematik modellashtirish" mavzusida 5 kun davomida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan bir qatorda Italiya, Rossiya va Belarus kabi davlatlarning 30 dan ortiq yetakchi olimlari, professor-o‘qituvchilari, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Bundan tashqari universitet O‘zbekistondagi Janubiy Koreya elchixonasining KOICA tashkiloti, Fransiya va AQSH elchixonalari bilan ham xamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Janubiy Koreya elchixonasining KOICA tashkiloti “Volontyorlar dasturi” bilan 2010-yilda buyon hamkorlik doirasida faoliyat olib borilmoqda. Volontyorlar dasturiga binoan hozirga qadar universitetda 14 nafar volontyorlar faoliyat ko‘rsatdi. “Koreys tili markazi”ni tashkil etish bo‘yicha $10 000 AQSH dollari mablag‘ida loyiha ishlari bajarildi. KOICA tashkiloti yordamida Xorijiy tillar fakultetida joylashgan Koreys tili xonasi $13 000 AQSH dollari hajmida yangi zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’mirlandi. 2014 yil may oyida Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha $20 000 AQSH dollar hajmida loyiha ishlari amalga oshirilib, Kompyuter markazi tashkil etildi.

Bundan tashqari, 2020-yil mart oyida Lee Yongil tomonidan “Montessori metodikasi asosida maktabgacha ta’lim tizimi samaradorligini oshirish” loyihasi asosida maktabgacha  ta’lim   yo‘nalishidagi talabalar uchun $38 000 AQSH dollari hajmida Montessori markazi tashkil etildi. 3 ta o‘quv qo‘llanma chop etildi. “Montessori” loyihasida 100 ga yaqin maktabgacha ta’lim professor-o‘qituvchilari va talabalari qatnashdi.

2022-yilining 12-oktabr kunidan boshlab 2023-yilining 9-mart kunigacha Qarshi davlat universiteti Fransuz tili va adabiyoti  kafedrasida Fransiyaning "Service Civique" loyihasi bo‘yicha Clermont Auvergne universiteti ko‘ngilli volontyori Mathis Marcoux faoliyat olib bordi. Volontyor faoliyati davomida fransuz tili yo‘nalishi talabalariga og‘zaki nutqni rivojlantirish, tili o‘rganilayotgan mamlakat madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishtirish, chet tili bilish darajasini aniqlovchi imtihonlarga tayyorlash kabi mashg‘ulotlar ustida ish olib bordi.

Qarshi davlat universiteti 2020-yildan buyon AQSH Davlat departamentining kam ta’minlangan, ko‘p bolali va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun "English Access Microscholarship Program" xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda. 2022-yilning 1-noyabr kunidan ushbu loyihaning yangi 01.11.2022 – 01.12.2024 yillar uchun muljallangan bosqichi start oldi.

 Shuningdek 2022-yilning 5-sentabr kunidan AQSH Davlat departamentining talaba va o‘qituvchilarning ingliz tilini bilish darajasini yanada mustahkamlash uchun "Reinforcing English Language Competence in Karshi State University" xalqaro loyihasi start oldi. Loyiha maqsadi universitetda ingliz tili nomutaxasislik bo‘lgan talaba va o‘qituvchilarning ingliz tilini bilish darajasini rivojlantirish va ingliz filologiyasi fakulteti talabalarining TOEFL (Ingliz tili chet tili sifatida testi) darajasini oshirish. Loyiha muddati 01.11.2022 - 1.12.2023 yillar.

Qarshi davlat universiteti 2021-yildan buyon Yevropa Ittifoqining Erasmus+ loyihasi xalqaro kredit mobilligi dasturi doirasida Yevropa davlvtlarining 5 ta OTMlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Ushbu dastur doirasida Yevropaning 4 ta OTMlari, Xaen universiteti (Ispaniya), Konstantin Faylasuf universiteti (Slovakiya), Zelena Gora universiteti (Polsha), Etvosh Lorand universiteti (Vengriya) va Kastilla la Mancha universiteti (Italiya), bilan hamkorlik kelishuvlariga erishilgan. Ushbu shartnomalar doirasida:

1.      2021-yilning noyabr oyida ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti Dilso‘z Musayeva oyida Ispaniyaning Xaen universitetida malaka oshirib qaytdi;

2.      2022-yilning 5-aprel – 4 may kunlari Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tayanch doktoranti D.Musayeva va V.Keldiyorova ERASMUS+ (Erasmus+ KA107 loyihasi) Slovakiya davlati Nitra shahridagi Konstantin Falsafa universitetida ilmiy stajirovkada bo‘lishdi;

3.      2022-yilning 2-15 may kunlarida Xalqaro talim dasturlari fakulteti dekani N.Azizova hamda Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi D.Ochilova Slovakiyaning Konstantin Falsafa universitetida tashkil etilgan o‘qitish/trening kursida qatnashib qaytdilar.

QarshiDU 2010-yildan buyon xorijiy davlat fuqarolariga ta’lim xizmati eksporti ishlarini amalga oshirmoqda. Joriy o‘quv yilida 27 nafar turkmanistonlik talabalar universitetning bakalavr ta’lim yo‘nalishlarini muvaffaqiyatli tamomladi. 2022-yilning 15-iyul kuni ularga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Hozirda universitetda 17 nafar xorijiy fuqarolar ta’lim olmoqda.

Bundan tashqari xorijiy hamkor universitetlar bilan birgalikda 6 ta bakalavriat talim yo‘nalishlari va 4 ta magistratura mutaxasisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda jami 259 nafar bakalavr va magistrlar tahsil olmoqda.

Ushbu yo‘lga qo‘yilgan hamkorliklar universitet raqobatbardoshligiga va o‘z navbatida universitet reytingiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qarshi davlat universiteteti Respublika miqyosidagi reytingda 92 OTM orasida 30 o‘rinda qayd etildi. Bundan tashqari Qarshi davlat universiteti THE World University Rankings – 2023 xalqaro reytingiga kirish uchun “reporter” maqomiga ega bo‘ldi. 2022-yil yil yakunlari bo‘yicha UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reyting agentligi natijalariga ko‘ra dunyoning 100 dan ortiq davlatidan qatnashgan OTMlar ichida Qarshi davlat universiteti 2710 ball bilan 978 o‘rinda qayd etildi.