Sport fakulteti

2-noyabr 2023

Egamberdiyev Farhod To‘xtayevich


Sport fakultet dekani,
psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: +998 91 214-33-43
Elektron pochta: ibrohimamin@mail.ru
 
Qabul kunlari: Haftaning Seshanba Juma kunlari 14:00 dan 16:00 gacha

Mehnat faoliyati

1997-2002 yy.-Qashqadaryo viloyati viloyat tabiatni muxofaza qilish qumitasi hodimi
2002-2006 yy.-O‘zbekiston milliy universiteti ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti bakalavr akademik darajasi talabasi
2006-2009 yy.-Janubiy G‘arbiy Maxsus Xarbiy Okrugi serjantlar tayyorlash maktabi O‘zbekiston tarixi sikli v.b.boshlig‘i katta o‘qituvchisi
2009-2011 yy.-O‘zbekiston milliy universiteti falsafa fakulteti sport psixologiyasi kafedrasi magistranti
2010-2011 yy.-Toshkent shaxri P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘qituvchisi
2011-2012 yy.-Qarshi davlat universiteti qoshidagi  malaka oshirish va qayta tayyorlash umumta’lim fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
2012-2022 yy-Qarshi davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti  o‘quv ishlari dekani muovini
2022-yildan hozirgi kunga qadar Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti dekani

Fakultet tarixi

Sport fakulteti 1965-yilda Tabiatshunoslik  fakulteti tarkibida  bo‘lim sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Mazkur bo‘lim 1971 yil  Jismoniy madaniyat fakultetiga aylantirilgan. 2023-yildan fakultet nomi Sport fakulteti deb o‘zgartirildi.
O‘tgan davr maboynida fakultetda Sh.Qurbonov, Y.Xudoyberdiyev, G.Salixov, N.Jalilov, Sh.Sultonov, F.Qahhorov, F.Eshpo‘latov, J.Xurramovlar dekanlik lavozimida ishlaganlar. 2022-yil oktabr oyidan boshlab fakultet dekani vazifasida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.Egamberdiyev faoliyat yuritmoqda.
Fakultet tarkibida  2 ta kafedra mavjud :  Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi va Sport faoliyati kafedrasi  mavjud.

Asosiy vazifalari

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga amal qilgan tarzda olib bormoqda.

Bakalaviatura yo‘nalishlari

61010300-sport faoliyati ( voleybol,futbol,yengil atletika,dzyudo, kurash) 

Magistratura mutaxassisliklari

 

Fakultetning iqtidorli talabalari

"Fakultetda ko‘plab taniqli sportchilar, jumladan, 2016 yil Rio-de- Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha 3 ta bronza medal 2020-yil Tokio para olimpiadasi kumush medali soxibasi  Toshpo‘latova Shoxsanam, 
 
Dzyudo bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo chempioni (2018 y.) Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Okeaniya halqaro turnir g‘olibi, Tokio-2020 Paralimpiya musobaqasiga kumush medali sohibi Karomatov Davurxon Fozil o‘g‘li
                                                                           
 Yengil atletika bo‘yicha 15 karra O‘zbekiston chempioni, Osiyo va Jahon chempionati ishtirokchisi, Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi Hamroqulov Jaloliddin Karate bo‘yicha jahon kubogi sovrindori, bir necha bor Osiyo chempioni Sofiya Kaspulatova,
 
 milliy kurash bo‘yicha ikki karra jahon chempioni Bahrom Avazov, milliy kurash bo‘yicha ayollar o‘rtasida bir necha bor Osiyo chempionlari, jahon birinchiligi ishtirokchilari Abdurahimova Dilafro‘z, Donayeva Dinara, Eshtemirova Sohibalar, dzyu-do bo‘yicha olimpiada o‘yinlari ishtirokchilari Muxtorov Alisher, Farmonov Mirzohid, dzyu-do bo‘yicha jahon kubogi ishtirokchisi, gran-pri sovrindori Soyib Qurbonov, dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempioni Dilfuza Temirova, futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Filiposyan Artyom, To‘rayev Kenja, Suyunov Eldor, A’zamov Sherzodlar, Yunon rum kurashi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Ergashev Elbek, Osiyo chempionati sovrindori Turdiyev Jahongir, 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Norov Sirojiddin, Suzish sporti bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari Amanova Ra’noxon, Amilov Farhodbeklar, Karate bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi Egamberdiyeva Farangiz, Og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchisi Kenjayev Davronlar tahsil olganlar. O‘zbekiston Respublikasi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Universiada” sport musobaqalarida fakultet talabalari bir qator sport turlari bo‘yicha sovrinli o‘rinlarni egallashgan. Jumladan, dzyu-do bo‘yicha Bo‘tayev Muhriddin va Saidov Rustam hamda, milliy kurash bo‘yicha Abrayev Davlatlar oltin medal sohibi bo‘lganlar.
Hozirgi kunda fakultetda 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida suzish bo‘yicha oltin medal sohibasi Amilova Fotimaxon, Boks bo‘yicha Osiyo o‘yinlari chempioni Tojiyev Azizbek Xusniddin o‘g‘li,
  Milliy kurash bo‘yicha  Tailandda o‘tkazilgan  Osiyo chempionati sovrindori Normo‘minov Arnold,   
                                                                                                                         
Milliy kurash bo‘yicha Jahon chempionati bronza medali sohibasi Ergashova Filura,
 
 Dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempioni Xolmurodova Farangiz, 
                                                                        

 

Dzyu-do bo‘yicha Osiyo chempionati bronza medali sohibi Murtazayev Nurbek,  
 
Yoshlar o‘rtasida Jahon chempionati sovrindori Yuldoshev Dilshod, Karate bo‘yicha Osiyo va markaziy Osiyo chempioni, qator xalqaro turnirlar g‘olibi, I-MDH mamlakatlari o‘yinlari” bronza medali sohibi Egamberdiyeva Bonu,
                                                                                   

 Futbol bo‘yicha 23 yoshlilar o‘rtasida Osiyo chempionlari Davronov Raximjon va boshqa bir qator sport turlari bo‘yicha Osiyo hamda Respublikamiz chempionatlari g‘oliblari va sovrindorlari tahsil olib kelmoqdalar.  Hozirgi kunda universitetimizda “Lochin” futbol jamoasi tashkil qilingan. Ushbu jamoada fakultetimizning talabalari to‘p surmoqdalar. Quvonarlisi shundaki ushbu jamoamiz 2022-yil Qashqadaryo viloyati kubogi sohibi bo‘ldi.
 "

Kafedralar

Jismoniy tarbiya va sport turlari kafedrasi

Sport faoliyati kafedrasi