Tibbiyot fakulteti

14 November, 2022

FAKULTET TARIXI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raxbarligida 2020 yil 6 noyabr kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 88-sonli bayoni 17-a bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 14-dekabrdagi “Qarshi davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Jizzax davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat pedagogika institutida tibbiyot fakultetlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi №654-sonli buyrug‘i hamda universitet Kengashining 2021-yil 19-fevraldagi 8-sonli yig‘ilishi qarori asosida universitet rektorining 2021 yil 6 martdagi 45-I buyrug‘iga muvofiq universitetda tibbiyot fakulteti tashkil etildi.

Iste’molchilar talablariga muvofiq qabul kvotalariga buyurtmalar shakllantirildi. 2021-2022 o‘quv yili uchun qabul parametrlariga asosan, universitetga 5510100-Davolash ishi yo‘nalishiga 78 nafar hamda 5510200-Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 73 nafar, jami 151 nafar talaba qabul qilindi.

Shuningdek, Qarshi davlat universiteti hamda Rossiya federatsiyasi Nijniy Novgorod shahridagi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti o‘rtasida 2021 yil 9 iyulda imzolangan №2253/31-sonli hamkorlik shartnomasiga asosan 5510100-Davolash ishi hamda 5510200-Pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlari (3+3) asosida jami 40 nafar mutaxassis tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Tibbiyot fakulteti tashkil etilishi munosabati bilan universitet strukturasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi va vazirlik tomonidan tasdiqlandi. Fakultet uchun o‘quv binosi ajratildi. Auditoriyalar va laboratoriya xonalarini o‘quv jarayoniga tayyorlash uchun jihozlar va asbob-uskunalar hamda zarur o‘quv adabiyotlar xarid qilindi.

Davolash ishi hamda pediatriya ishi ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari asosida 2021-2022-o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalar shakllantirildi. O‘quv rejadagi fanlarni o‘qitishda universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar hamda viloyatdagi tibbiyot muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilmiy salohiyatli xodimlardan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 08-04/10390 sonli xatiga asosan, talabalar amaliyotlarini tashkil etish uchun Qarshi shahrida joylashgan 12 ta tibbiyot muassasalari belgilandi va ular bilan hamkorlik shartnomalari imzolandi.

FAKULTET MA’MURIYATI:

Tibbiyot fakulteti dekani: 

Tuychiyev Sardor Azamatovich

Qabul kunlari: har kuni 9:00 dan 17:00 gacha

Tel: (+998 90) 876-50-07

e-mail: sador_92@gmail.com

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Alikulova Muxabbat Mannonovna

Qabul kunlari: har kuni 09:00 dan 17:00 gacha

Tel: (+998 93) 525-33-00

e-mail: muhabbat.amore@gmail.com

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Kultayev Shuxratjon Xolboyevich

Tel.: +998915625737

e-mail: shuhratqultoyev@gmail.com

Fakultetda jami 314 nafar talaba tahsil olmoqdalar. 2022 yil 5 sentabr fakultet negizida ilk kafedra – Tibbiyot kafedrasi tashkil qilindi. Xozirgi kunda kafedrada jami 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqdalar: 1 nafar dotsent, 3 nafar fan nomzodi faoliyat qo‘rsatmoqdalar.

Fakultet kafedrasi:

Tibbiyot kafedrasi

Fakultet quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:

60910200 - Davolash ishi

60910300 – Peditariya

Fakultetda erishilgan yutuqlar:

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar xamda fanlarning o‘quv-uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan joriy o‘quv yili davrida 1 ta darslik, 7 ta monografiya, 3 ta o‘quv-qullanma, 3 ta o‘quv-uslubiy qullanma, 15 tadan ortiq maqolalar nashr etildi.

Fakultetdagi kafedra professor-o‘qituvchilari viloyatdagi tibbiyot muassasalari bilan hamkorlikda ish olib boradilar.

Tibbiyot kafedrasi