Yoshlar bilan ishlash bo’limi

2-dekabr 2023

Norbek Pardaqulov Pardaqulovich


Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Telefon: +998 97 070-77-90
Elektron pochta: norbekpx90@umail.com
 
Qabul kunlari: Har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 2012 yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 35-umumiy o’rta ta’lim maktabida psixolog lavozimida boshlagan. 2015 yildan 2023 yilgacha Qarshi davlat universitetida  turli vazifalarda Talabalar shaharchasi direktori,  Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi,  Pedagogika fakulteti tyutori vazifalarida faoliyat yuritgan. 2023 yildan hozirgi vaqtga qadar Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Bo‘lim tarixi

Qarshi davlat universiteti rektorining 2023-yil 16-noyabrdagi ___-sonli buyrug’i bilan mazkur bo’lim tashkil etilgan.

Asosiy vazifalari

· talaba-yoshlarning ta'lim olishlarida, shuningdek, darsdan bo`sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishlarida ko'maklashadi, ularni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ta'lim olish jarayonida yuzaga keladigan barcha masala va muammoni o'rnatilgan tartibda bartaraf etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish;

·  tyutorlarning talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borishini tashkil etadi, u yerda yaratilgan sharoitlar va talabalarning muammolarini o'rganib borish va ularni yaxshilash choralarini ko'rish; 
·  talaba-yoshlarning qonuniy manfaatini himoya qilish, yaratilayotgan sharoitlardan oqilona foydalanish imkoniyatini yaratish, ularning muammolarini bartaraf etishda amaliy yordam ko'rsatish hamda o'qishi, ilm-fan bilan shug'ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralarni ko'rib borish;
·  Bo`lim faoliyatini amaldagi qonun hujjatlari, oliy ta'lim muassasasi ichki-tartib qoidalari va odob-axloq kodeksi hamda bo’lim nizomi asosida olib boradi;