Oripova Nodima XalilovnaMaktabgacha ta’lim kafedrasi mudiri,
|
Oripova Nodima Xalilovna - pedagogika fanlari doktori, dots.nt. 2023 yil 28-dekabrda “Variativ modellashtirish asosida talabalar pedagogik e’tiqodini shakllantirish nazariyasini tizimlashtirish (boshlang‘ich ta’lim ixtisosligi misolida)” mavzusidagi (DSc) doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
N.Oripova 200 dan ortiq ilmiy maqola va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Turkiya, Amerika, Rossiya va boshqa mamlakatlar hamda “Scopus” va “Web of Science” xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan. 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiyasi nashr etilgan.
2020 yil fevral oyidan buyon N.X. Oripova Qarshi davlat universiteti “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi 1991 yilda Qarshi Davlat pedagogika institutida “Maktabgacha tarbiya” nomi bilan tashkil topgan. 1993 yilda kafedra nomi “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi va metodikasi” nomi bilan yuritila boshlangan. 2010 yilda kafedra “Ijtimoy pedagogika- psixologiya va maktabgacha ta’lim” kafedrasi nomi bilan o‘zgargan. 2014 yil 1-apreldan universitet kafedralarining optimallashganligi sababli ushbu kafedra “Boshlang‘ich ta’lim” kafedrasi tarkibiga qo‘shilgan va ”Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi deb nomlana boshlandi. 2018 yil oktyabr oyida Qarshi davlat universiteti strukturasiga o‘zgartirish kiritilganligi bois “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim metodikasi” kafedrasi tarkibidan “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi ajralib chiqdi va hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedrada 5111800 – Maktabgacha ta’lim yo’nalishi bo‘yicha (kunduzgi va sirtqi) bakalavrlar va 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim) mutaxassisliklari bo‘yicha magistrantlar tayyorlanadi.
Kafedrada 2020- yilidan buyon 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 4 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Kafedrada mutaxassis bo‘lib yetishishi kutilayotgan bo‘lajak kadrlar, davlat va nodavlat MTTlarida, pedagogika kollejlarida, maktabgacha va xalq ta'lim bo'limlarida faoliyat olib borishadi, shuningdek turli OTM larda mutaxassislik yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishadi.
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish
Bolalarning ijtimoiy moslashuvi
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi
Umumiy pedagogika
Inkluziv ta’lim. Gospital pedagogika
Tasviriy faoliyatga o‘rgatish metodikasi
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Nutq o‘stirish metodikasi
Maktabgacha ta’limda chet tilini o‘qitish metodikasi
Bolalar musiqiy ta’limi metodikasi
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi
Keyingi yillarda kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan bir qator darslik va qo’llanmalar, monografiyalar nashr etildi. Jumladan kafedra mudiri N.Oripova “Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik” darsligini va “Oila pedagogikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini, D. Kenjayeva “Pedagogik akmeologiya” darsligini, o‘qituvchilar T. Ashurova “Tasviriy faoliyatga o‘rgatish”, M.Alimardonova “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnalogiyasi” va V.Keldiyarova “Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o‘rgatish” nomli o’quv qo’llanmalarini nashr ettirdi. Shu bilan birga mazkur yillarda R.Rashidova, M.Rajabova hammualifligida “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg‘ularni shakllantirishning pedagogik asoslari” nomli, N.Buriyeva va S.Ashirovalar hammuallifligida “Maktabgacha yoshdagi bolalar dunyoqarashini shakllantirishning zamonaviy usullari” nomli, T.Tilovovaning “Hayot ekologiyasi”, N.Oripovaning “Variativ modellashtirish asosida bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy pedagogik e’tiqodini shakllantirish nazariyasi”, M. Muxammadiyevaning “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida faoliyatlar integratsiyasi jarayonida mas’uliyatlilikni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” nomli monografiyalari nashr ettirildi.
Kafedrada 2020- yilidan buyon 13.00.08- Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha PhD (tayanch doktorantura) faoliyat yuritmoqda. Hozirda 4 nafar doktorant tahsil olmoqda.
Oripova Nodima Xalilovna
kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori, dotsent
Kenjayeva Dildora Tirkashevna
kafedra dots.nti, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Xo‘jaqulov Akbar Eshquvvatovich
kafedra dots.nti, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
Muhammadiyeva Manzura Maratovna
kafedra dots.nti, pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
Ashurova To‘lg‘anoy Ergashevna
kafedra katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari falsafa doktori
Alimardonova Mohichehra Bahromovna
kafedra katta o‘qituvchisi, pedagogika fanlari falsafa doktori
Tilovova Nargiza Turopovna
kafedra o‘qituvchisi
Botirova Latofat Luftillayevna
kafedra o‘qituvchisi
Bo‘riyeva Nilufar Rasulovna
kafedra o‘qituvchisi
Mirzayeva Manzura Ahmadjanovna
kafedra o‘qituvchisi