Ijtimoiy fanlar kafedrasi

2 June, 2021

Kafedra mudiri: fals.f.d., prof.

Choriyev Sanjar Anvarovich

Telefon: (+998 91) 461-30-03

Elektron manzili: sanjar_choriyev@mail.ru

Kafedra tarixi

Falsafa kafedrasi 1964-yil dekabr oyida tashkil etilgan. Unga turli yillarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent T.J.Jovliyev (1964-1969), falsafa fanlari nomzodi, dotsent (hozir falsafa fanlari doktori, professor) O.E.Ergashev (1969-1977), falsafa fanlari doktori, professor A.CH. Choriyev (1977-2005) rahbarlik qilganlar. Hozir kafedrani falsafa fanlari doktori, professor S.A. Choriyev boshqarmoqda.

2014-yilda falsafa kafedrasi sotsiologiya kafedrasi bilan biriktirildi.  “Sotsiologiya” kafedrasi 2005-2014 yilllarda faoliyat ko’rsatib, barcha fakultet-larda “Sotsiologiya”, “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlaridan dars berishga ixtisoslashgan.

Kafedrada 22 professor-о‘qituvchi ishlaydi. Shtatdagi о‘qituvchilarning 12 tasi ilmiy unvon va darajalarga ega. Ular falsafa fanining turli ixtisosliklaridan («dialektika va bilish nazariyasi», «ijtimoiy falsafa», “din tarixi va hurfikr-lilik”,’siyosatshunoslik’) doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar. О‘qituvchilar tarkibida ikki kishining (dotsentlar P.Saydullayev, R. Boyqobilova) yoshi 70-75 da, olti kishining (dots. M.Eshmatov k.о‘q. M.Xushnayev, dots. A. Dо‘lanov, prof. S. Choriyev, dots. B.Saidov, dots.T.Qurbonov) yoshi 50-60 orasida, uch kishining (k.о‘q. A.Tо‘rayeva, о‘qit. R. Boymatov, dots. G. Bekmurodova)  yoshi 45-50 orasida, ush kishining (dots. A.Shaymanova, o’qit. D.Axmedova, dots. S.Boymurodov,)  yoshi 40-45 orasida, etti kishining (o’qituvchilar Sh.Qambarov, F.Qodirov, L.Sohibova, S.Avazov, D. Xudoyberdiyev, D. Axadova, N.Aminov)  yoshi 35-40 orasida, ikki kishi (R. Nazarov, E. Imomov) yoshi 27-30 orasida Kafedra a’zolarining о‘rtacha yoshi 43 ni tashkil etadi.

 

Kafedra a’zolari barcha fakultetlarning 1-kurs talabalariga “Falsafa” о‘quv fanidan, 3-kurs talabalariga Sotsiologiya fanidan, 1-kurs magistrantlariga “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” va fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan о‘quv rejalari va namunaviy о‘quv dasturlari asosida olib boriladi. Namunaviy о‘quv dasturlari asosida ishchi о‘quv dasturlari, ta’lim texnologiyalari, elektron materiallar ishlab chiqilgan.

 

Kafedrada о‘quv-uslubiy ishlarni muntazam takomillashtirib borish maqsadida qat’iy reja ishlab chiqilgan bо‘lib, uning bajarilishi kafedra yig‘ilishida muhokama etib boriladi. Birgina 2019-2020 о‘quv yilida о‘quv-uslubiy faoliyatga doir 20 dan ortiq masala, professor-о‘qituvchilar о‘tkazgan 4 ochiq dars muhokama etildi. Kafedra huzurida muntazam ishlab turgan «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuidagi nazariy-metodologik seminarda 2019-2020 о‘quv yili davomida 4 ta uslubiy ma’ruza,4 nazariy ma’ruza muhokama qilindi.

Kafedra a’zolari uzoq yillardan buyon yagona ilmiy muammo -«Gumanistik tipdagi inson shaxsining kamol topishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi» mavzuida ilmiy-tadqiqot ishlari olib boradilar. О‘tgan yillar mobaynida mazkur mavzu yuzasidan 3 doktorlik, 20 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. Hozir kafedrada 10 dan ortiq doktorlik dissertatsiyalari (DSc va PhD) tayyorlanmoqda.

Kafedra ilmiy-tadqiqot ishlar samaradorligini muntazam oshirib borish uchun Moskva Davlat universiteti, Belgorod Davlat universiteti, О‘zbekiston Milliy universiteti va boshqalar bilan aloqalar о‘rnatgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar kafedrada tasdiqlangan reja asosida amalga oshiriladi. Kafedra a’zolarining diqqat markazida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini fuqarolar ongiga singdirish muhim vazifa sifatida turibdi. Shuning uchun fuqarolar orasida milliy mafkuraning turli muammolari yuzasidan chiqishlar qilish sistemali xarakter kasb etgan. Chunonchi, kafedra notiqlar guruhi Qarshi shahri, viloyat shahar va tumanlaridagi qator korxona va tashkilotlarda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasiga bag‘ishlangan 20 dan ortiq tadbirlar tashkil etdilar, 100 ga yaqin ma’ruzalar qildilar.

Kafedrada o'qitiladigan fanlar:

Bakalavriat

·                     Falsafa

·                     Sotsiologiya

Magistratura

·                     Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Kafedra professor-o'qituvchilari:

·                     Choriyev S.A.

·                     Saydullayev P.N.

·                     Boyqobilova R.B.

·                     Eshmatov M.E.

·                     Dо‘lanov A.E.

·                     Saidov B.J.

·                     Qurbonov T.H.

·                     Bekmurodova G.H.

·                     Boymurodov S.B.

·                     Shaymanova A.E.

·                     Tо‘rayeva A.P.

·                     Xushnayev M.B.

·                     Boymatov R.B.

·                     Axmedova D.S.

·                     Qambarov Sh.K.

·                     Qodirov F.Y.

·                     Avazov S.E.

·                     Sohibova L.S.

·                     Xudoyberdiyev D.

·                     Nazarov R.N.

·                     Imomov E.I. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Ilmiy muammo mavzui: «Gumanistik tipdagi inson shaxsining shakllanishida obyektiv shart-sharoitlar va subyektiv omillar dialektikasi»

Rahbari: Choriyev Sanjar Anvarovich 

Kafedra manzili: Ijtimoiy fanlar fakulteti binosi, 2-qavat, 220-221-xonalar.