Viloyat hokimi Qarshi davlat universitetidagi qurilish ishlari bilan tanishdi
Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev hamrohligida oliygoh hududida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida 1978-yilda qurilgan o‘quv (yordamchi) binosi o‘rnida barpo etilayotgan zamonaviy anjumanlar saroyi qurilishi ko‘zdan kechirildi. Hokim qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, quruvchilar bilan suhbatlashdi hamda qurilish sifatini yanada oshirish yuzasidan zarur tavsiyalarini berdi. Ayni paytda obyektda eski binolarni buzish va yer ishlari yakunlanib, poydevor quyish ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlanganidek, zamonaviy anjumanlar saroyi universitet infratuzilmasini yanada boyitib, oliygoh qiyofasiga ko‘rk bag‘ishlaydi hamda professor-o‘qituvchilar, talabalar va keng jamoatchilik uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlarni yaratadi.