Ishga taklif

22-Iyul 2026, 06:48
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant)  katta o‘qituvchi, o‘qituvchi assistent,  o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon  qiladi        

Klinik anatomiya (1),  Ichki kasalliklar (1), kafedralari  katta o‘qituvchisi lavozimiga.

Klinik anatomiya (4),  Ichki kasalliklar (1), kafedralari o‘qituvchi assistent lavozimiga.

Klinik anatomiya (25),  Ichki kasalliklar (10),  kafedrasi o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;

2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;

3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;

4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);

5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Rektor nomiga ariza.

2. Xodimlarni hisobga olish bo‘yicha shaxsiy varaqa (Ma’lumotnoma)

3. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari.

4. Ilmiy ishlar ro‘yxati

5. Malaka oshirganligi to‘g‘risida guvohnoma.

6.Eslatma: Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakultetining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejalaridagi fundamental, klinik, nazariy, amaliy,  tabiiy-ilmiy va mutaxassislik fanlari xususiyatidan kelib chiqib mutaxassislar tanlab olinadi.

Hujjatlar gazetada e’lon chop qilingan kundan boshlab bir oy muddat ichida qabul qilinadi.

Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. 

Telefon: (75) 221-02-10,  221-02-18. Elektron pochta: kardu@umail.uz 

Teglar: #Ishga taklif