Karyera kunlari
7-Avgust 2026, 10:17
Universitet yangiliklari
Qarshi shahridagi 3-son texnikumida oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatdagi 58 ta texnikum vakillari mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va amaldagi imtiyozlar haqida ma’lumot berdi. Tadbirda Qarshi davlat universiteti bitiruvchilari ham faol ishtirok etib, ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qildi. Ularga mutaxassisligiga mos vakant o‘rinlar taklif etilib, rezyumelar qabul qilindi hamda dastlabki suhbatlar o‘tkazildi. Mazkur yarmarka yosh mutaxassislarning bandligini ta’minlash va ularning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishiga xizmat qiladi.