QarDU talabasi innovatsion loyiha uchun 30 million soʻmlik grantni qoʻlga kiritdi

7-Avgust 2026, 10:18
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabasi Elbek Ermoʻminovning BeeNest startap loyihasi Qarshi Yoshlar Texnoparki tomonidan 30 million soʻm grant bilan qoʻllab-quvvatlandi. BeeNest — asalarichilik sohasini raqamlashtirishga qaratilgan innovatsion platforma boʻlib, dehqonlar va asalarichilar oʻrtasidagi hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, sunʼiy intellekt yordamida asalari uyalari uchun maqbul joylarni aniqlash hamda asalarichilar uchun zamonaviy marketplace xizmatini taqdim etishni nazarda tutadi.  Loyiha qishloq xoʻjaligi samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.  Elbek Ermoʻminov hamda BeeNest jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz.