O‘zbekiston va Malayziya: oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik davom etmoqda
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Qarshi davlat universitetining xalqaro reytinglar bo‘yicha mutaxassisi Nurbek Farmonov Malayziya Tadqiqot Universiteti (Universiti Sains Malaysia)da qisqa muddatli ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi. Stajirovka davomida u doktorantura ta’limi tizimi, qabul jarayonlari hamda ilmiy tadqiqotlarni taqdim etish va himoya qilish bosqichlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Mendeley, Sage Research Methods platformasi, ilmiy manbalarni izlash, tadqiqotchi profillarini yuritish va dissertatsiya tayyorlash bo‘yicha amaliy treninglarda ishtirok etdi. Mazkur tajriba Qarshi davlat universitetida doktorantura ta’limini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish hamda xalqaro akademik hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.