QarDU talabasiga “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni topshirildi

26-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida Yoshlar oyligida faol ishtirok etgan va tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbirni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov ochib berdi va yig‘ilganlarni kelayotgan Yoshlar kuni va Qurbon hayiti bayramlari bilan tabrikladi. 

Tadbir davomida viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston respublikasidan saralab olingan 14 nafar yoshga “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni topshirildi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Qarshi davlat universiteti Fizika fakulteti 3-bosqich talabasi Shohijahon Ibrohimov ham bor. Talabamizni ushbu e’tirof bilan chin dildan qutlaymiz.

Ma’lumot o‘rnida, Shohijahon Ibrohimov O'zbekiston uchun 100 g'oya, Mirzo Ulug'bek vorislari kabi respublika tanlovlari g‘olibi sanaladi.