Sharafli kasb egalari ulug‘lanmoqda

23-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

Ustoz deganda, har qaysi inson ko‘nglida chuqur hurmat-ehtirom va cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga, hech qanday boylik bilan o‘lchab hamda ado qilib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. 

Yana sanoqli kunlardan so‘ng yurtimiz solnomasidagi ezgu bayramlardan biri "1-oktyabr—O‘qituvchi va murabbiylar kuni" keng  tantana sifatida nishonlanadi. Ayni kunlarda bayram arafasida Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan oliy ta'lim muassasasida uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borgan ustozlar xonadoniga yo‘qlab borilmoqda.

Kecha, y'ani 22-sentyabr kuni Pedagogika fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Rajabova hamda Psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari fakultetda ko‘p yillar davomida ishlagan va ayni paytda nafaqada bo‘lgan ustoz, Pedagogika fanlari nomzodi, professor Tal'at G‘afforova xonadoniga tashrif buyurishdi. Samimiy suhbat chog‘ida universitetda kechgan xotiralar yodga olindi, tinch-osoyishta kunlarga shukronalik keltirildi.