Ilm olish uchun yaratilgan sharoit - kelajakka poydevordir

25-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

Dars mashg‘ulotlarining zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, ilg‘or o‘quv laboratoriyalari asosida tashkil etilishi hamda o‘qitishning interaktiv metodlarini o‘quv jarayoniga faol qo‘llanilishi bo‘lg‘usi yosh pedagoglarning nafaqat sifatli bilim olishlarini ta’minlaydi, balki ular uchun tajriba maydoni, mahorat maktabi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Jumladan, kuni kecha Kimyo-biologiya fakulteti kimyo ta’lim yo’nalishi 1-bosqich 023-34-guruh talabalariga “Noorganik kimyo" fanidan laboratoriya mashg’uloti o‘tkazildi. Talabalar fan o’qituvchilari N.Jo’raqulova va B.Normatov nazorati ostida “Moddalarni tozalash usullari" mavzusidagi mashg’ulot tajribalarini laboratoriyada yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda kimyoviy priborlar yordamida bajarishdi. Mavzuga oid savol va javoblarda talabalar faol ishtirok etdi.