Ijarada yashovchi talaba qizlar xonadonlari o‘rganilmoqda

26-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida  olis tumanlar va qo‘shni viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talabalar TTJda va ijara uylarda istiqomat qilib kelmoqda. Ushbu talabalarning holidan muntazam ravishda xabar olish, muammo va sharoitlarini o‘rganib borish ishlari tizimli ravishda yaxshi yo‘lga qo‘yilib, tegishli mas’ullar tomonidan ijara uylarga tashriflar davomiy amalga oshirilmoqda.
 
Shu boisdan, “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida Tarix fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi va fakultet tyutorlar tomonidan ijarada turuvchi talabalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Ularning har biri bilan ochiq muloqot olib borilib, samimiy suhbat tashkil etildi.

Xususan, talaba-yoshlarga yong‘in xavfsizligi, is gazi va botulizm kasalligi va uni oldini olish bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borilib, zarur tavsiyalar berildi. Isitish tizimlari ko‘zdan kechirilib, is gazi bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar bo‘yicha hayotiy misollar keltirildi, talabalarga ushbu masalada juda e’tiborli bo‘lishlari zarur ekanligini alohida uqtirib o‘tildi.