Prezidentimizning BMTda so‘zlagan nutqini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda

26-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

19-sentyabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari keyingi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalib, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi. Ayni kunlarda Qarshi davlat universitetining barcha fakultetlarida Prezidentimiz nutqining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Tibbiyot fakultetida o‘tkazilgan tadbirda Falsafa va sotsiologiya kafedrasi dotsenti G.Bekmurodova so‘z olib, davlat rahbarining AQShga tashrifi doirasida o‘tkazilgan bir qator rasmiy uchrashuvlari, ummon orti mamlakatida yashayotgan vatandoshlarimiz va “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan muloqot, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Amerika Qo‘shma Shtatlari yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammiti, shuningdek, BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasidagi nutqida bildirilgan fikrlar, o‘rtaga tashlangan taklif va tashabbuslar xususida batafsil ma’lumot berdi.