Hamkorlik taraqqiyotga yo‘l ochadi

29-sentabr 2023
Universitet yangiliklari

Xabar berilganidek, ayni kunlarda universitetning barcha fakultetlarida davlatimiz rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 78-sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Fizika fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokidagi tadbirga ma’ruzachi sifatida Falsafa va sotsiologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi Aziza To‘rayeva taklif etildi. Ma’ruzada ta’kidlanganidek, Prezidentimizning dunyo minbaridagi nutqida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida to‘xtalgani, global va mintaqaviy kun tartibidagi eng dolzarb masalalar yechimiga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surgani jahon ilg‘or hamjamiyatida katta qiziqish o‘yg‘otdi va yuksak baholandi.

Tashabbuslarning har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani O‘zbekistonning xalqaro maydonda o‘rni va nufuzi mustahkamlanib borayotganiga yana bir yorqin dalildir. Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga ma’ruzachi tomonidan batafsil javob berildi.