21-oktyabr — O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

21-oktabr 2023
Ommaviy tadbirlar

Roman-german filologiyasi fakulteti fransuz tili yo'nalishi talabalari ishtirokida 1-sonli TTJda 21-oktyabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun"ga bagʻishlab "Ona tilim-qalbim quyoshi" mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Tadbirda o‘zbek tilining keng imkoniyatlari va jozibasini ko‘rsatadigan she'rlar, badiiy chiqishlar va raqslar, tilimiz ravnaqi yo‘lida  hissa qo‘shgan ajdodlarimiz siymosi talabalar tomonidan mohirona ijro etildi.