21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqоmi berilgan kun

21-oktabr 2023
Ommaviy tadbirlar

Joriy yilning 19-oktabr kuni Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 3-sonli TTJda 21-oktabr "O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor N.Kayumova, kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchisi B.Daminova, B.Bozorova, fakultet tyutori S.Haqqulov va talabalar ishtirok etishdi.

Tadbirda har bir ishtirokchi o‘zlarining ijodiy ishlari namunalari bilan ishtirok etishdi. SHe’rlar, asarlar, g‘azallardan parchalar o‘qib eshittirildi. O‘zbek tiliga asos solinishi tarixi va bugungi kundagi o‘rni haqida qiziqarli savol va javoblar, bahs va munozaralar bo‘ldi.

Yakunda tadbirda faol ishtirok etgan talabalarga kafedra azolari tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.