O`zbek tili – qalbim quyoshi!

21-oktabr 2023
Ommaviy tadbirlar

Joriy yilning 20-oktabr kuni O`zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Filologiya fakultetida O`zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri N.Yuldosheva hamda professor-o`qituvchilar tomonidan talabalar ishtirokida “O`zbek tili – qalbim quyoshi” mavzusida bayram tadbiri bo`lib o`tdi. Tadbirni Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo`yicha dekan o`rinbosari Sh.Akramov ochib berdi.

Tadbirda “Til – bebaho ma’naviy boylik” mavzusida O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori X.Jabborov, kafedra katta o‘qituvchisi, jurnalist N.Egamov “Til va telefon” mavzusida maruza qildilar. Ona tilimiz madhida fakultet ijodkor talabalarining chiqishlari, “Til bilimdonlari” tezkor savol-javob bahsi, San’atshunoslik fakulteti talabalarining musiqiy chiqishlari bayramga yanada ko`tarinkilik bag`ishladi. Yakunda fakultet dekani B.Rizayev so`zga chiqib, iqtidorli talabalarni sovg`alar va tashakkurnomalar bilan taqdirladi.