Qashqadaryo - azm qadriyatlar vohasi

27-oktabr 2023
Universitet yangiliklari

Xalqimizning asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyatlarini yosh avlod ongiga singdirish, an’ana va urf-odatlarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida Qashqadaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida "Qashqadaryo azm qadriyatlar vohasi" nomli tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti Turizm va marketing kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari, Qarshi shahar madaniyat markazi qoshidagi "Tarona" ashula va raqs xalq ansambli xonandasi "Shuhrat" medali sohibi Almamat Sharipov, "Oydinoy", "Nasaf" folklor-etnografik xalq ansambli jamoalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida folklor-etnografik jamoalar tomonidan kuylangan xalq og‘zaki ijodining nodir namunalari yig‘ilganlarga bir olam taassurot bag‘ishladi. Xonanda Almamat Sharipov tomonidan ijro etilgan dilrabo taronalar yoshlarni raqsga chorlash barobarida davraga yanada ko‘tarinkilik olib kirdi.