Moziydan nur axtargan adiba

28-oktabr 2023
Universitet yangiliklari

Bugun Qarshi davlat universiteti faollar zalida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Qashqadaryo viloyat hokimligi hamda  Qarshi davlat universiteti hamkorligida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Shuhrat" medali sohibasi, adiba Sharofat Ashurovaning 70 yilligi munosabati bilan “Moziydan nur axtargan adiba” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  

Dastlab Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari A.Qobilov viloyat hokimi tabrigini o‘qib eshittirdi. Qarshi davlat universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori I.Bekpo‘latov universitet rektori D.Nabiyev tabrigini, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tadbirlar bo‘limi boshlig‘i, “Shuhrat” medali sohibasi Farog‘at Xudoyqulova O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi S.Sayyidning tabrigini o‘qib eshittirdi.  

Filologiya fanlari doktori, professor B.Yo‘ldoshev adibaning ijodiy faoliyati to‘g‘risida ma’ruza qildi. Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondi ijrochi direktori M.Do‘smatov, Qarshi shahar hokimligi nomidan N.Xolboyeva, O‘zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi raisi G‘.Abdiyev, O‘zbekiston  Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Sh.Isaxonova, G.Jumayeva, T.Tillayev va boshqalar so‘zga chiqib, adibaning hayoti va ijodiy faoliyatiga doir  fiklarini bildirib o‘tdilar.  

O‘zbekiston xalq hofizi Beknazar Do‘stmurodov hamda viloyat namunali maqom ansambli xonandalari ijrosida kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari ishtirokida adabiy-badiiy kompozitsiya  namoyish etildi. Tadbir so‘nggida Sh.Ashurova so‘zga chiqib, bildirilgan e’tibor va dil izhorlari uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.