Magistrlarga diplom topshirildi

12-iyul 2023
Ommaviy tadbirlar

Joriy yilning 11-iyul kuni Qarshi davlat universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda bitiruvchilar, professor-o‘qituvchilar, ota-onalar, harbiy orkestr jamoalari hamda  jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani va bu borada barcha shart-sharoitlar yaratilganligini alohida takidlashdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oliy ta’lim muassasasini joriy yilda 25 ta mutaxassislik bo‘yicha 378 nafar magistr bitirgan bo‘lib ularning hammasi ish bilan ta’minlangan. 100 nafarga yaqin magistrlar universitetning o‘zida qolib, ilmiy ishlarini davom ettirish istagini bildirdi. 

Tantanali tadbirda bitiruvchilarga diplomlarni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor A.Xolmurodov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O‘.Abdullayev va rektor maslahatchisi A.Jo‘rayev topshirdi.