“Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

9-noyabr 2023
Ommaviy tadbirlar

Bugun Qarshi davlat universitetida viloyatimiz oliy ta’lim muassasalari iqtidorli  talabalari uchun 2023-2024 o‘quv yilidan boshlab ta’sis etilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi” tanlovi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimi M.Azimov kirish so‘zi bilan boshlab berdi. 

Qashqadaryo tajribasi sifatida tashkil etilgan ushbu tanlov shaffof hamda nizomda belgilangan uslub, shakl va mezonlar asosida o‘tkazilib, mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhi orqali 14 nafar g‘oliblar aniqlandi. Quvonarlisi, ulardan 5 nafari Qarshi davlat universiteti talabalaridir.

Tadbirda “Viloyat hokimi stipendiyasi” sovrindori guvohnomalari tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Tadbir davomida yoshlarning minnatdorchilik tuyg‘ulari ifodalangan chiqishlar tinglandi. Ma’lumot o‘rnida, g‘oliblarga joriy o‘quv yilining sentabr oyidan iyun oyigacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida qo‘shimcha stipendiya to‘lanadi.