Insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi

28-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan talaba-yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish maqsadida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida o‘tkazilgan (https://t.me/qarduuz/18699) insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov natijalari:
I- Erkinova Gulruxsor To‘lqinjonovna Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi ;
II- Xurramova Farangiz Otabek qizi Pedogogika fakulteti Amaliy psixologiya yo‘nalishi 2-bosqich talabasi;
III- Olimova Dilfuza Shuhrat qizi Xorijiy tillar fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili) yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. 

G‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda bir million, yetti yuz ming va besh yuz ming so'm miqdorida pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.