Mini-futbol bo‘yicha final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi 

28-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 27-noyabr kuni “Talabalar festivali” doirasida mini-futbol bo‘yicha universitet birinchiligi final bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Matematika va kompyuter ilmlari hamda Pedagogika fakultetlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Shiddatli o‘tgan uchrashuvda Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti jamoasi 6-3 hisobida g‘alaba qozondi. 

Shuningdek, uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda Tarix fakulteti jamoasi Geografiya va agronomiya fakulteti jamoasini 2-1 natijasi bilan mag‘lubiyatga uchratdi. G‘olib va sovrindor jamoalar darajali diplom va tegishli ravishda 3 million, 2 million hamda 1 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlariga ega bo‘ladi.