QarDU talabasi Zomin seminarida ishtirok etdi

Jizzax viloyati O‘riklisoy dam olish majmuasida respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari bo'lib o'tdi. Uch kun davomida yurtimizning turli shahar va qishloqlaridan kelgan yosh va iqtidorli shoir, yozuvchi, dramaturg, bolalar adabiyoti, badiiy publitsistikada ijod qiluvchi yigit-qizlar sho‘balarga bo‘linib, katta tajribaga ega ustoz ijodkorlar ko‘magida o‘z ijodiy ishlarini yanada sayqallashtirib, bilim hamda mahoratini boyitishlari, yutuq va kamchiliklarini o‘rtoqlashishlari uchun ijodiy zamin yaratildi. E’tiborlisi, seminarda Qarshi davlat universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti (ingliz tili) yónalishi 3-bosqich talabasi Shohida Jo‘rayeva ishtirok etib, sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.