Jahon chempionati: Filura Ergashevada kumush!

30-noyabr 2023
Universitet yangiliklari

Kuni kecha Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida kurash sport turi bo‘yicha XIV jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Jahon chempionatining -78 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Qarshi davlat universiteti Sport fakulteti talabasi Filura Ergasheva kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Tabriklaymiz Filura! Muvaffaqiyatlar bardavom bo‘lsin!

Ma’lumot o‘rnida, kurash bo‘yicha terma jamoamiz (15 nafar kurashchi - 8 nafar ayollar, 7 nafar erkaklar) jahon chempionatini 9 ta medal bilan yakunlab, umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi!