ISHGA TAKLIF

7-dekabr 2023
E’lonlar

Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra mudiri, professori, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

          Jahon tarixi, Pedagogika kafedralari mudiri lavozimiga;

          Jahon tarixi (1) kafedrasi professori lavozimiga;

Fiziologiya  (1),  O‘zbek tili va adabiyoti (1), O‘zbekiston tarixi (1),  Milliy goya,  ma’naviyat  asoslari (1),  O‘zbek mumtoz adabiyoti (1) kafedralari dotsenti lavozimiga;

Sport faoliyati (1), Pedagogika  (1),   kafedralari ilmiy darajali katta o‘qituvchisi lavozimiga;

Iqtisodiyot (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Musiqa ta’limi (1), Nemis tili va adabiyoti (1) kafedralari ilmiy darajasiz katta o‘qituvchisi lavozimiga;

Lingvistika (1), Noorganik kimyo (1), Fakultetlararo ingliz tili (1), Geografiya (1), Psixologiya (1), Amaliy ingliz tili (3) kafedralari o‘qituvchi-assistent lavozimiga;

O‘zbek tilshunosligi (1) kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.

 

Lavozim uchun malakaviy talablar:

  1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
  2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
  3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

  1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
  2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
  3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
  4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
  5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

  Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy. Telefon: 225-34-13, faks: (0 375) 221-00-56. Elektron pochta: kardu@umail.uz