Kasbiy (ijodiy) imtihonlarga tayyorgarlik holati o'rganildi

Xabar berilganidek, joriy yilning 26-iyul kunidan boshlab Qarshi davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi. Jarayonlarni yuqori saviyada sifatli o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasasida tayyorgarlik ishlari amalga oshirildi. Bugun, 24-iyul kuni kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishiga tayyorgarlik va yaratilgan shart-sharoitlar tanishish maqsadida vazirlikning mas’ul vakili L.Mingishov tashrif buyurdi.  

Imtihonlar uchun hozirlangan markaziy stadion, sport zali, San’atshunoslik fakulteti binosi va abituriyentlarning ota-onalari hamda yaqinlari uchun tayyorlangan kutish zali ko‘zdan kechirildi. Imtihonlarni adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida hudud bo‘ylab uzluksiz ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatilgan, kutish zallari va imtihon xonalari zamonaviy sovutgichlar bilan jihozlangan. Vazirlik vakili tomonidan tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishish asnosida zarur tavsiyalar berildi.