Qarshi davlat universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Qarshi davlat universitetida 2023/2024-o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi. Erta tongdan imtihonga tashrif buyurgan abituriyentlarni QarDU Qabul komissiyasi a’zolari hamda universitet rahbariyati kutib olib, sinovlar haqida batafsil ma’lumot berdilar. 

Bugun yengil atletika, kurash, dizayn (libos va gazlamalar) hamda musiqa ta’limi kabi ta’lim yo‘nalishlarida jami 310 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda. 

Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlariga qulaylik yaratish maqsadida salqin kuzatuv zalida imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish imkoniyati yo‘lga qo‘yildi: https://qarshidu.uz/uz/page/imtihonlarni-onlayn-kuzatish

Ijodiy imtihonlar adolatli, shaffof o‘tkazilishini nazorat qilish maqsadida keng jamoatchilik vakillari, jumladan, OAV xodimlari, jurnalistlar tomonidan kuzatilmoqda. Sinovlar o‘tkazilayotgan hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun IIB hamda tibbiyot xodimlari jalb etilgan.