O‘quv kursining to‘rtinchi mavsumi yakunlandi

25-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

Bugungi kunda jahon maktabgacha ta’lim tizimida italiyalik mashhur pedagog Mariya Montessorining mualliflik metodikasi juda keng tarqalgan. Bu pedagogik tizimga amal qilish orqali maktabgacha ta’lim tizimida ulkan muvaffaqiyatlarga erishilgan. Jumladan, mamlakatimizdagi ayrim MTMlarda ham pedagoglar ushbu metodikadan foydalanadi.

Qarshi davlat universitetida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun Janubiy Koreyaning “KOICA” tashkiloti bilan hamkorlikda “Montessori trenerlarini tayyorlash” dasturi asosida tashkil etilgan o‘quv kursining 4-mavsumi yakuniga yetdi. Kuni kecha o‘tkazilgan tadbirda mazkur o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar sertifikat va diplom bilan taqdirlandi.