“TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafoni bo'lib o'tdi

25-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 23-dekabr kuni Qarshi davlat universiteti bakalavr yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi talabalari o'rtasida “TECHNOWAYS” texnologik rivojlanish marafoni bo‘lib o‘tdi. Marafonda qatnashchilar tomonidan Eng yaxshi istiqbolli IT, Eng yaxshi innovatsion texnologiya, Eng yaxshi qishloq xo‘jaligi va Eng yaxshi yoshlar akademiyasi lideri nominatsiyalari bo‘yicha loyihalar taqdimot qilindi. Universitet professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan istiqbolli deb topilgan loyihalar saralanib, natijalar e'lon qilindi.

“Eng yaxshi istiqbolli IT loyiha” nominatsiyasi bo‘yicha

G‘ofurov Qodirjon Qobuljon o‘g‘li Fizika fakulteti 1-bosqich talabasi;

Bo'ronov Tohir Nasriddin o‘g‘li Iqtisodiyot fakulteti 2-bosqich talabasi;

Abdurahmonova Asila Asliddin qizi Xorijiy tillar fakulteti 1-bosqich magistranti.

“Eng yaxshi innovatsion texnologiya” nominatsiyasi bo‘yicha

To'raqulov Hikmat Alisher o‘g‘li Fizika fakulteti 3-bosqich talabasi;

Abdug‘aniyev Boburjon Akramjon o‘g‘li  Fizika fakulteti 3-bosqich talabasi;

Nurmamatov Ozodbek Nuriddin o‘g‘li Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 4- bosqich talabasi.

“Eng yaxshi qishloq xo‘jaligi loyihasi” nominatsiyasi bo‘yicha

Hakimova Farida Farhod qizi  Kimyo-biologiya fakulteti 1-bosqich magistranti;

Xayrullayeva Muxlisa Shomirza qizi Kimyo-biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi;

Abdiqodirov Aloviddin Zafar o‘g‘li Geografiya va agronomiya fakulteti 2-kurs magstranti.

“Eng yaxshi yoshlar akademiyasi lideri” nominatsiyasi bo‘yicha

Narzullayev Dilshod Almurod o‘g‘li Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 2-bosqich talabasi;

Shamsiddinova Shahrizoda Baxtiyor qizi Kimyo-biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi;

Buxorov Isxoq Jahongir o‘g‘li Geografiya va agronomiya fakulteti 3-bosqich talabasi.

Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar tegishli ravishda 2 million, 1,5 million hamda 1 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.