“Yil startap loyihasi - 2023" tanlovi g‘oliblari aniqlandi

25-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida talabalarining innovatsion loyihalarini rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida “Yil startap loyihasi - 2023" tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi – ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan, innovatsiyalar va texnologiyalarga asoslangan yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha shakllangan startap loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iborat bo‘ldi.

Tanlov yakunida quyidagi talabalar g'olib va sovrindorlar safidan joy oldi:

I - o'rin Shamsiddinova Shahrizoda Baxtiyor qizi Kimyo-biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi; 
II - o'rin Xayrullayeva O‘g‘iloy Shuhrat qizi Geografiya va agronomiya fakulteti 3-bosqich talabasi;
III- o'rin Narzullayev Dilshod Almurod o‘g‘li Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti 2-bosqich talabasi.

Tanlov g‘oliblari bazaviy stipendiyaning 1-2-3 baravari miqdoridagi pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildi.