Universitet professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘quv-seminar boshlandi

25-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-noyabrdagi 507-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida joriy yilning 25-dekabrdan 29-dekabrga qadar universitetda o‘quv seminarlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bugundan boshlab, dastlabki o‘quv seminari tasdiqlangan jadvalga asosan, Fizika fakulteti professor-o‘qituvchilar ishtirokida tashkil etildi. O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i Z.Fayziyev seminarni kirish so‘zi bilan ochib berib, oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayoni tashkil etishning meyoriy-huquqiy asoslari to‘g‘risda ma’lumot berdi.

O‘quv-seminar “O‘quv-uslubiy hujjatlarni rasmiylashtirish mexanizmlari”, “O‘quv jarayonida kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish” va “Hemis tizimida ish yuritish” mavzulari bo‘yicha tashkil etilmoqda.

Seminar davomida professor-o‘qutuvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblarni olishyayotir. O‘quv seminarlari yakuni bo‘yicha qatnashchilar chiqish testlarini topshiradilar.