Qamashilik yoshlarga Yangi yil sovg‘alari ulashildi

27-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

Keyingi yillarda yoshlarning ehtiyojlari va manfaatlariga e’tibor yangicha tus oldi. Xususan, davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetiga 53 nafar yoshlar biriktirilgan.

Yoshlarning ta’lim va tarbiyasiga ko‘maklashish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash universitet rahbariyatining doimiy e’tiborida.

Kuni kecha Yangi yil bayrami munosabati bilan Qamashi tumani Balandchayla MFYda yashovchi yoshlar holidan xabar olinib, universitet rektorining bayram sovg‘alari topshirildi.