Universitet Kengashida faol o‘qituvchilar taqdirlandi

28-dekabr 2023
Universitet yangiliklari

Bugun joriy yil sarhisobiga bag‘ishlangan universitet Kengashi bo‘lib o‘tdi. Uni Kengash raisi, universitet rektori, professor D.Nabiyev olib bordi. Dastlab an’anaga muvofiq ilmiy daraja va ilmiy unvonga erishgan professor-o‘qituvchilar e’tirof etildi. 

Ularning ilm yo'lidagi muvaffaqiyatlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy salohiyatini yuksaltirishda asosiy omil ekanligi qayd etildi. Shuningdek, Kengashda o‘quv yili davomida faollik ko‘rsatgan bir qator professor-o‘qituvchilar taqdirlandi. 

So‘ngra yig‘ilish kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar bo'yicha zarur topshiriqlar belgilandi.