E’tirof

Joriy yilning 29-iyul kuni Qarshi shahridagi “Geolog” futbol maydonida yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ularni vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilgan “DXX kubogi” futbol musobaqalarining viloyat birinchiligi final bosqichi tashkil etildi. 

Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlarni  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. E’tiborlisi, “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi-2023” musobaqasini tashkil etishdagi faolligi uchun Qarshi davlat universiteti tashakkurnoma va maxsus statuetka bilan taqdirlandi. 

Teglar: #E’tirof