Xitoyning Tyanzin chet tillar universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

25-yanvar 2024
Universitet yangiliklari

Avval xabar berilganidek, Qarshi davlat universiteti rektori Dilmurod Nabiyev hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Ilxom Bekpulatov birinchi Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim forumida ishtirok etmoqdalar. 

Forum doirasida Qarshi davlat universiteti Xitoy olim ta''lim muassasalari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Tyanzin chet tillar universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. 

Ushbu shartnomaga ko''ra, Tyanzin chet tillar universiteti bilan ilmiy sohada hamkorlik qilish, QarDU professor - o''qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil qilish hamda talabalar uchun akademik almashinuv dasturlarini yo''lga qo''yish ko''zda tutilgan.

Ma''lumot uchun, Tyanzin chet tillar universitetida 30 dan oshiq chet tillarni o''qitish bo''yicha yo''nalishlar mavjud bo''lib, shu bilan birga iqtisod, huquq, menejment va muhandislik yo''nalishlarida ham mutaxassislar tayyorlanadi.