Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash - ustuvor vazifa

25-yanvar 2024
Universitet yangiliklari

Yoshlar mamlakatning yetakchi kuchi hisoblanadi. Ularda harbiy-vatanparvarlik hissini yanada shakllantirish, komil inson qilib tarbiyalash yurt taraqqiyotining kelajagini belgilaydi. Bugun Sport, San’atshunoslik va Pedagogika fakultetlarining talaba-yoshlari, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari E.Davronov, S.Yo‘ldoshev, S.To‘xtayev va Texnologik ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi O.Ro‘zimurodov hamrohligida Qarshi shahridagi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga bordilar. Aytish joiz, bugungi tadbir universitet va bilim yurti hamkorligining amaldagi ifodasi bo‘ldi.

Sayohat davomida talaba-yoshlar axborot-resurs markazi, o‘quv laboratoriyalari, madaniyat markazi, yotoqxona, oshxona, zamonaviy trenajyorlar bilan jihozlangan mashg‘ulot zali, saf maydoni va sport shaharchasi bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar tomonidan bilim yurti faoliyati, maqsad-vazifalari hamda harbiy texnikalar, uskunalar haqida keng tushuncha berildi. Mazkur sayohat talabalarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.