Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mas''ullar ishtirokida TTJda ochiq muloqot tashkil etildi

26-yanvar 2024
Universitet yangiliklari

2024-yil 24-yanvar kuni 9-sonli talabalar turar joyida o''tkazilgan muloqotda Yoshlar bilan ishlash bo''limi boshlig''i va tyutorlar, universitet profilaktika inspektori M.Jabbarov hamda Sport, Fizika, San''atshunoslik, Tarix fakultetlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o''rinbosarlari hamda tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etdi. 

Dastlab Yoshlar bilan ishlash bo''limi tyutori N.Hazratov oʻzbek jadidchilik harakati yetakchilarining hayoti va ijodi xususida ma''ruza qildi. Jumladan, Mahmudxoʻja Behbudiy XX asr oʻzbek adabiyoti, ilm-fani, jurnalistikasi uchun muhim siymo sifatida tarix sahnasida namoyon boʻlgani, buyuk maʼrifatparvar va jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri sifatida milliy madaniyatimiz tarixidan mustahkam oʻrin egallaganini e''tirof etdi.

Davra suhbati davomida TTJda yaratilgan imkoniyatlardan unimli foydalanish, yong''in xavfsizligiga rioya etish, talabalarning bo''sh vaqtini mazmunli o''tkazish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish haqida ham so‘z bordi. Yakunda yig''ilganlarga yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalovchi videolavha namoyish etildi.