Universitet talabalari xalqaro olimpiadada sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi

27-yanvar 2024
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 26-yanvar kuni Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Abu Ali ibn Sino ta’limotidan – Uchinchi Renessansgacha” tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun IV Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi.

Olimpiadadan ko‘zlangan maqsad talabalarning tibbiyotning turli yo‘nalishlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, bu boradagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, talabalarning ilmiy-ijodiy yondashuvlarini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi. Ta’kidlash joiz, mazkur olimpiadada Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi davlatlardan hamda respublikamizning barcha nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muasassalidan talabalar o‘z bilimlarini namoyish etishdi.

Quvonarlisi, olimpiadada Qarshi davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Xususan, odam anatomiyasi fanidan Davolash ishi yo‘nalishi 2-kurs talabasi Ganjiyeva Munisa Komil qizi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, gistologiya, sitologiya embriologiya fanidan davolash ishi yo‘nalishi 2-kurs talabasi Mahmudova Asila Jalil qizi ham 2-o‘rinni egalladi. Talabalarimizni ushbu yutuqlar bilan samimiy qutlaymiz!