Yoshlar doim e'tiborda

4-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash masalasi hamisha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelgan. Keyingi yillarda yoshlarning ehtiyojlari va manfaatlariga e’tibor yangicha tus oldi. 

Xususan, davlatimiz rahbari raisligida joriy yil 11-aprel kuni yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida  berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetiga ham 53 nafar yoshlar biriktirildi. 

Universitet rektori boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan OTMga biriktirilgan Qamashi tumani Balandchayla mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar holidan doimiy xabar olinib, qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Kuni kecha mahalla yoshlaridan Og‘abek Normamatov, Ziyodaxon Ochilova, Xo‘shmurod Alimov, Robiya Ziyotova va Jamshid Mixliyev xonadonlariga tashrif uyushtirilib, muloqot qilindi.

Uchrashuvlarda ularning qiziqish va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tikuv mashinalari, zamonaviy rusumdagi noutbuklar, elektron ovoz kuchaytirgich, kitoblar toʻplami, moddiy yordam va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.