“Kibersport” musobaqasi o''tkazildi

16-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida kibersport musobaqalarini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Ushbu sport turi yurtimizda keng ommalashib bormoqda. Bu o‘ziga xos kompyuter o‘yinlari bo‘lib, unda kibersportchilar jamoaviy yoki individual tarzda o‘zaro kuch sinashadi.

Bugun, 15-fevral kuni Qarshi davlat universitetida “Kibersport” musobaqasi o''tkazildi. Unda 8 ta jamoa g‘oliblik uchun o''zaro bellashdi. Musobaqaning yakuniy bosqichida Iqtisodiyot fakulteti jamoasi birinchi o''rinni qo‘lga kiritdi. San’atshunoslik fakulteti jamoasi ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari fakulteti jamoasiga uchinchi o‘rin nasib etdi. G‘oliblar darajali diplom va medallar bilan taqdirlandi.