Texnikum bitiruvchilari uchun suhbat boshlandi

11-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Bugundan Qarshi davlat universitetida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar bilan o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat jarayonlari boshlandi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, texnikumlarda o‘rta maxsus professional ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega ekanligi qayd etilgan.

Joriy yilgi qabul jarayonlarida texnikum bitiruvchilari ekologiya va atrof muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), agrokimyo va agrotuproqshunoslik, davolash ishi, pediatriya, yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi), transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) kabi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha suhbat asnosida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Tegishli ta'lim yo'nalaishi bo'yicha suhbatlar 18-avgust kuniga qadar davom etadi.