Muzeylar - tarix ko''zgusi

16-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universiteti tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi tashrif buyuruvchilar uchun aziz qadamjolardan biriga aylanib ulgurdi. Boisi, u yerda mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida ro`y bergan hodisalar, ushbu davrda Vatanimiz ozodligi va mustaqilligi yo`lida jon qurbon qilgan, qatag`on etilgan ajdodlarimiz hayoti va faoliyati haqida atroflicha ma`lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu davrlarga oid suratlar va turli buyumlar muzey eksponatlari qatoridan joy olgan.

Kuni kecha muzeyga Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) davlatidan sayyohlar, Qashqadaryo viloyati O''simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari, “Alyonka” xususiy bog‘chasi tarbiyalanuvchilari tarbiyachi-pedagoglar hamrohligida hamda universitetning Matematika va kompyuter ilmlari fakulteti amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari, Kimyo-biologiya fakulteti biologiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tyutorlari boshchiligida tashrif buyurdi.