Qarshi davlat universiteti vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi

16-fevral 2024
E’lonlar

Qarshi davlat universiteti quyidagi bo‘sh (vakant) kafedra  professori, dotsenti, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi-assistent, o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga tanlov e’lon qiladi

Texnologik ta’lim (1), O‘zbekiston tarixi (1) kafedralari professor lavozimiga;

Texnologik ta’lim (1), Organik kimyo (1), O‘zbek mumtoz adabiyoti (1), Rang tasvir va amaliy san’at (1), Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari (1), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1) kafedralari dotsent lavozimiga;

Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari (1), Fizologiya (1), kafedralari ilmiy darajali katta o‘qituvchisi lavozimiga;

Maktabgacha ta’lim (1), Masofaviy ta’lim (1), Fakultetlararo ingliz tili (1), Texnologik ta’lim (1), Umumiy fizika (1), Nazariy va ekspremental fizika (1), Boshlang‘ich ta’lim (1) kafedralari ilmiy darajasiz katta o‘qituvchisi lavozimiga;

Masofaviy ta’lim (1), Yangi o‘zbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi (2), Zoologiya (2), Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi (1), Umumiy fizika (1), Rus tili va adabiyoti (1) kafedralari o‘qituvchi-assistent lavozimiga;

Organik kimyo (1), Noorganik kimyo (1), O‘zbekiston tarixi (1), Iqtisodiyot (1), Amaliy matematika (1) kafedralari o‘qituvchi-stajyor lavozimiga.

Lavozim uchun malakaviy talablar:

  1. Oliy ma’lumoti, ilmiy darajasi va ilmiy unvonlari haqidagi diplomlar (diplom ilova) nusxalari;
  2. Tegishli ixtisoslik bo‘yicha ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga (dotsent), (professor) shuningdek, tegishli mutaxassislik bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning falsafa doktori (PhD), fan doktori (DSc) yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja va unvonlarga ega bo‘lish;
  3. Zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim hamda ko‘nikmalar (pedagogik mahorat, jamoa va talabalar bilan ishlay olish)ga ega bo‘lish;

Tanlovda nomzodlarga ustuvorlik beriladigan alohida jihatlar:

  1. Mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki unda faoliyat yuritganlik;
  2. Xalqaro reytinglarda (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education yoki Academic Ranking of World Universities) e’tirof etilgan nufuzli (TOP-1000) oliy ta’lim muassasasida malaka oshirgan yoki stajirovka o‘taganlik;
  3. Xalqaro loyihalarda rahbar yoki a’zo sifatida ishtirok etganlik;
  4. IELTS/TOEFL sertifikatiga egalik (B2, C1, C2);
  5. SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalariga kiritilgan nufuzli jurnallarda maqola chop etganlik va “h-index”ga egalik;

Manzil: 180103. Qarshi shahri Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17-uy.

Telefon: (75) 220-02-10. Elektron pochta: kardu@umail.uz