Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi

16-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 15-fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Ilmli ayol – jamiyat koʻzgusi” shiori ostida “Qashqadaryoning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida voha olimalarining hissasi” mavzusida olima ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.

Forum avvalida qatnashchilar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan olimalarning ilmiy tadqiqot natijalariga oid koʻrgazmalarni ko‘zdan kechirishdi. Ta’kidlash joiz, mazkur anjuman olima ayollarning oʻzaro tajriba almashishlari uchun imkoniyatlar maydoniga aylandi.

Tadbir davomida ilm-fan yoʻlida fidoyilik namunalarini koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilar, turli tanlovlar gʻolibi boʻlgan talaba qizlarga tashakkurnomalar topshirildi. Xususan, forumda ishtirok etgan Qarshi davlat universitetining bir guruh olima ayollari ham maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.