QarDU professor-o‘qituvchilari Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro tadbirda ishtirok etdi

17-fevral 2024
Universitet yangiliklari

Kuni kecha mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasida buyuk shoir va mutafakkirlar: Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zahiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan madaniy-ma’rifiy kecha o‘tkazildi. 

Ahamiyatlisi, tadbirda ayni paytda Germaniyada bo‘lib turgan Qarshi davlat universiteti professori G.Tojiyeva, Nemis tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti N.Mahmudova, Masofaviy ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi S.Shodixonov ishtirok etdi. Tadbir tafsilotlari uza.uz germaniyada-buyuk-bobolarimiz-siymosi-yod-etildi_568300) saytida batafsil yoritildi. 

Ma’lumot uchun, Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilari Germaniya davlati Berlinning Gumboldt universitetida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tamoqda.